Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan xotin-qizlar huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida qator huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini taʼminlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qoʻshimcha-chora tadbirlari toʻgʻrisida” qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joy bilan taʼminlash va uy-joy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida” qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik, fermerlik, dehqonchilik, kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish boʻyicha” qarori loyihalari ishlab chiqildi.
“Aziz ayol” yagona interaktiv platformasi yaratish boʻyicha tegishli qaror loyihasi tayyorlandi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shu jumladan. ogʻir hududlardagi ayollarni pillachilik, qorakoʻlchilik sohalarida bandligini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan hamkorlik masalalariga doir qoʻshma qaror loyihasi ishlab chiqildi.