Jamoa yaqinda tashkil topganligi bois hali unga nom berilmagan, ehtimol jamoa “Zomin- Women” nomi bilan atalishi mumkin, biroq buni vaqt koʼrsatadi.
Murabbiy Nilufar Qurbonova boshchiligidagi jamoa qizlari kecha Zomin tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan saralab olingan futbolga qiziquvchi qizlardan iborat terma jamoaga qarshi oʼrtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushdi va 2:1 hisobida gʼalaba qozondi.
Uchrashuv yakunida Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi texnik direktori, OFK va OʼFА instruktori Zoyir Hasanov hamda Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi bolalar va oʼsmirlar, ommaviy futbol, ayollar, plyaj va futzal, faxriylar futboli boʼyicha mutaxassis Feruzbek Gʼanievlar qizlar bilan uchrashib, ularning kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi.