Tadbir “Garmoniya” markazi tashabbusi bilan, Toshkent viloyati Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi, Bo‘ka tumani Oila va Xotin-qizlar bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika bo‘limi boshlig‘i Sh.S. Sobirova, Toshkent viloyati Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Q. Adilova, Bo‘ka tumani Oila va Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mannopova, shuningdek, Ichki ishlar bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori G. Kalimullina ishtirok etdilar.
Seminar-treningda 40 dan ziyod xotin-qizlar va faollar qatnashdilar. Markaz psixolog, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi S. Amangeldiev ishtirokchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, travmadan keyingi holatni yengish, emotsional barqarorlikni tiklash va stressni boshqarish usullariga oid bilim va ko‘nikmalarni taqdim etdi. Shuningdek, huquqshunos N. Niyozov ayollarga huquqiy maslahatlar berdi.
Loyiha rahbari, “Garmoniya” markazi rahbari A.Teshebaeva ta'kidlaganidek, bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning psixologik barqarorligini mustahkamlash hamda xavfsiz va sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Mazkur loyiha doirasida Toshkent viloyatining Bo‘ka, Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlarida 500 dan ziyod xotin-qizlar seminar, trening va suhbatlarga jalb etilishi rejalashtirilgan. Ulardan 200 nafar ayol va 100 nafar bolaga yakka tartibda psixologik yordam ko‘rsatiladi, 150 dan ziyod ayollarga huquqiy maslahatlar beriladi. Ijtimoiy reestrda turadigan 15 ayollar o‘z kasbini boshlashi uchun asbob-uskunalar bilan ta'minlanadi.
Loyiha davomida mahalla tizimi, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ayollar va bolalarning sog‘lom rivojlanishi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va xavfsizlik muhitini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Trening yakunida ishtirokchilar o‘z taassurotlarini baham ko‘rib, bunday amaliy treninglar ularning ichki barqarorligi va hayotiy faolligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini ta'kidladilar.
Aygul TeSheBAeVA,
Toshkent viloyati “Garmoniya” markazi rahbari.









