Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga general-mayor Abdulla Qoʻldoshev nomzodi maʼqullandi. U favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Tursinxan Xudaybergenov nomzodi ham maʼqullandi.