“Ayollar daftari”ning 1-toifasi bandligini taʼminlash boʻyicha roʻyxatga olingan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida 15 xotin-qizlarga inkubator berildi. Oʻz navbatida ular xam davlatimiz tomonidan berilayotgan eʼtibordan juda mamnun ekanliklarini bildirdi. Zero, endi ayollar uyida oʻtirgan holda oʻz-oʻzini ish bilan taʼminlash imkoniga ega boʻlishdi. Ayollar jamgʻarmasi hisobidan topshirilgan ushbu qurilma bir vaqtning oʻzida 60 ta tuxumdan joʻja chiqarish imkonini beradi.

Shuningdek, tumandagi tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni, nogironlar va chin yetimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan “Sogʻlom avlod” xayriya jamgʻarmasi hisobidan “Tozabogʻyop” ovul fuqarolar yigʻinidagi “Qazaq arna”, “Qizil savle” aholi punktlari, “Qumbosqan” ovul fuqarolar yigʻinlarida zarur dori-darmonlar etkazib berildi. Shu bilan bir qatorda, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha suhbatlar tashkil etilib, fuqarolarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.