Unda senatorlar, Komissiya aʼzolari, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Seminarda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollarning rolini oshirish va ishbilarmon ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyalanmagan ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga jalb qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻrni va vazifalari, nogironligi boʻlgan ayollarni ragʻbatlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda xotin-qizlar maqomini yaxshilash maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, 2018-yilda yetakchi ayollar puli 6 mingdan oshgan boʻlsa, hozirda ushbu koʻrsatkich 16 mingdan ziyodni tashkil etayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek, seminarda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.