Farmonga koʻra, quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

  • mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (Markazlar) faoliyatini kengaytirish;

2026–2027-yillarda “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi» MCHJ (Kompaniya) tomonidan:

  • 6 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 2 trln soʻm yoʻnaltirish;
  • 2,8 ming nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish;
  • 2 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga hamrohlik qilish asosida koʻmaklashish.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tashkil etilgan Markazlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga oʻqitish kabi faoliyatlarni tashkil etish uchun ijaraga beriladi.