Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam olamiz?

    Mamlakatimizda 5 May 2025 2196

    Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu kun munosabati bilan dam olish kunlarini eʼlon qildi.

    Unga koʻra;

    9-may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
    10-may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
    11-may (yakshanba) — dam olish kuni.

    Shunday qilib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat juma va yakshanba dam olish kuni boʻladi. Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar esa 3 kun juma, shanba va yakshanba kunlari dam olishadi.