Xovos tumani hokimining sobiq oʻrinbosari 7 yilga qamaldi

    Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi sobiq oʻrinbosari shu yilning may oyida DXX tomonidan pora sifatida 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.

    U oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilgandi va 1 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlangandi.

    Hovos tumani hokimi oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

    Jinoyat ishlari boʻyicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.