Xovoslik fuqaro uyidan 3 000 yoshdagi oltin boʻlagi va mehnat buyumlari topilgan

    Voqea-hodisalar 24 Oktabr 2021 1459

    Sirdaryo viloyati Xovos tumanida istiqomat qiluvchi 47 yoshli D.Boymatov oʻziga tegishli tomorqada qurilish qilish uchun yer qazish ishlarini olib borayotgan vaqtida antik davrga oid buyumlarni topib olgan.

    Dastlab, D.Boymatov yuqoridagi buyumlarni oddiy metall boʻlaklari deb oʻylab, 5 kun davomida gʻisht uyumining ustida saqlab kelgan.

    Keyinchalik ushbu bumlar 3 000 yoshda boʻlgan qoʻlbola usulda quyilgan 80 gramm oltin falga boʻlagi va bronzadan yasalgan qadimgi mehnat qurollari ekanligi maʼlum boʻldi.

    Xabar berishlaricha, hozirda D.Boymatovga tegishli tomorqa va unga tutash yerlarda Oʻzbekiston fanlar Akademiyasining bir qator arxeolog olimlari tomonidan oʻrganish ishlarini olib borilyapti, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.