Xrushchevning shaxsiy samolyoti Yakutiyada topildi

    Bilasizmi? 24 Sentabr 2020 539

    Chirigan ahvoldagi havo kemasini “Polyarnыye avialinii” kompaniyasida ishlaydigan vertolyot uchuvchisi Timur Fatkulov topgan.

    Il-14P qoldiqlari Yakutiyaning shimoliy-sharqida, Chukotka avtonom okrugi bilan chegara qismida joylashgan Cherskiy posyolkasidagi havo kemalari qabristonida yotibdi.

    Topilmaning noyobligini aviatsiya tarixchisi ham tasdiqlagan. Maʼlum boʻlishicha, bu samolyotni uning otasi boshqargan ekan, deb xabar beradi “Gazeta.Ru”.

    “Mening otam 61 755 bort raqamli samolyotda uchgan. Bu Xrushchevning sobiq samolyoti edi. Samolyotning ichi oddiy emasdi. Oʻsha vaqtga nisbatan juda takomillashgan edi Amerika navigatsiya uskunalari. Samolyot radiosini dunyoning beshta radiostansiyasiga toʻgʻrilasa boʻlardi. Ular orasida Nyu-York, Yaponiya va Avstraliya ham bor edi”, — deya tariflab berdi KPSS Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibining avialaynerini tarixchi.