Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 20,9 ming tonnaga yoki 5,7 mln. AQSH dollariga koʻp. Oʻzbekiston xurmosi asosan Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi hamda Qirgʻiz Respublikasiga eksport qilingan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 10 oy mobaynida Oʻzbekiston xurmo eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 26,4 ming t.
Rossiya Federatsiyasi – 17,3 ming t.
Qirgʻiz Respublikasi – 1,8 ming t.
Ukraina – 1,2 ming t.
Turkmaniston –1,1 ming t.
Belarus – 457,2 t.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilda xurmo ekporti asosan Toshkent (16,1 ming t.) va Fargʻona viloyatlari (9,9 ming t.) hissasiga toʻgʻri kelgan.