Tadbir davomida umumiy miqdori 393 ming litr neft mahsulotlari bilan bogʻliq qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, AYOQSHlar sigʻimlarida saqlanayotgan 2 million 408 ming litr neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 230 ming litr (10 %) mahsulot sifatsiz ekanligi, 150 ming litr kamomad va 13 ming litr ortiqchalikka yoʻl qoʻyilganligi, 43 ta holatda isteʼmolchilar haqidan har 10 litrda 10 millilitrdan 740 millilitrgacha urib qolinayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, tadbir davomida AYOQSHlarda 450 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.
Respublika boʻyicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Andijon viloyati (94 ming litr), Surxondaryo viloyati (70 ming litr), Toshkent viloyati (44 ming litr), Namangan viloyati (38 ming litr), Sirdaryo viloyati (23 ming litr), Fargʻona viloyati (39 ming litr), Toshkent shahri (18 ming litr), Jizzax viloyati (21 ming litr) va Samarqand viloyat (22 ming litr)lariga toʻgʻri kelmoqda.
Aniqlangan qonun buzilish holatlari boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
“Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan bu kabi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.