Jumladan, hozirgi kunda yurtimizda:
Tibbiyot sohasida 7,5 mingga yaqin yuridik shaxs litsenziyaga ega.
Ularning barchasida ambulator,
20 foizida statsionar tibbiy xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan.
Mamlakatimiz tibbiyot muassasalaridagi oʻrin-joylarning 26 foizi xususiy sektor hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarida:
16,3 ming nafardan ziyod shifokor,
25,5 mingga yaqin oʻrta tibbiyot xodimi faoliyat koʻrsatmoqda.
Nodavlat xususiy tibbiyot tashkilotlarida 130 tibbiy ixtisosliklardan 18 yoʻnalishida yuqori texnologik va murakkab jarrohlik operatsiyalari bajarilyapti.
Xususiy sektorga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan:
travmatologiya va ortopediya,
akusherlik va ginekologiya,
koʻz mikroxirurgiyasi,
urologiya,
kardiologiya ixtisosliklari boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatishga ruxsat berildi.