Bunga sabab xususiy sektorga bermaslik uchun narxi sunʼiy oshirib yuborilgan.
Mutasaddilarga sotilmasdan turgan 33 ta don korxonasi narxini bozor qiymatiga keltirib, joriy yilda sotilishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 484 ta davlat aktivlari savdoga chiqarilmayotgani tanqid qilindi. Vaholanki, bularning hisobidan yana 200 milliard soʻm tushum qilsa boʻlardi.
Vazirlar Mahkamasiga qoloqliklarni bartaraf etib, 2024-yilda 20 trillion soʻm tushum taʼminlaydigan yangi xususiylashtirish dasturini kiritish topshirildi.