Berlin islom san'ati muzeyining nodir eksponatlaridan biri temuriylar davriga oid sopol koshin namunasidir. Ushbu plitka noodatiy tarzda sirlangan bo'lib, unda to'q sariq rangli yorqin naqshlar mavjud.

Muzeyga etib borgunga qadar u uzoq yo'lni bosib o'tdi. Uning birinchi xaridori muzeyning sobiq direktori Fridrix Zarre bo'lib, u 1904 yilda O'zbekistondan uzoqda, Jazoirda ushbu artefaktni sotib olgan. 1922/1923-yillarda eksponat muzeyga uning boshqa xaridlari bilan birga keltirildi. 

Dastlab, bu g'isht bo'lagi binoning bir qismi bo'lgan, buyurtmachining nomi uning o'ng burchagida Temuriy Sulton Abul-Muzaffar Abu Sayid Bahodirxon deya arab yozuvida bitilgan.