Dengiz tadqiqotchilari 2022-yil oktabr oyida Janubiy-Xitoy dengizining shimoli-gʻarbiy qismida taxminan 1500 metr chuqurlikda ikkita kemani topib olishdi.
Kemalar nisbatan yaxshi saqlanib qolgan. Ulardan biri Min sulolasining Xunchji imperatori (1488-1505) hukmronligi davriga oid ekanligi aniqlangan. U xurmo daraxti yogʻochi va sopol idishlarni tashigan.
Yana bir kema halokati Chjende imperatori (1506-1521) davriga tegishli. Kemaga 100 000 dan ortiq chinni yuklangan. Arxeologlar qum va loy qatlamlari bilan qoplangan murakkab naqshli kosalar, likoplar va koʻzalarning uyumlarini topdishdi.
Ikkita kema turli yoʻnalishlarda harakat qilgan, biroq ularning qoldiqlari bir-biriga nisbatan yaqinroq boʻlib, 20 kilometrdan kamroq masofada topildi. Olimlarning fikricha, bu ularning bir xil savdo yoʻli orqali harakatlanganini dalolat beradi. U Buyuk Ipak yoʻlining bir qismi boʻlgani aniq.
Kelajakda tadqiqotchilar kemalarni oʻrganishni rejalashtirmoqda. Ular kemalar holatini tasvirlab berish, ayrim qoldiqlarni yigʻish va dengiz tubidan choʻkindi namunalarini olish niyatida, deb xabar beradi mir24.tv.