Yaan Ruz Osiyodan Yevropa hududiga kanatda yurib o'tgan dunyodagi birinchi odamga aylandi

    Sleklayn bo'yicha uch karra jahon chempioni estoniyalik Yaan Ruz Turkiyadagi Bosfor bo'g'ozidan o'tgan kanat ustidan yurib o'tdi.

    Yaan Ruz Osiyodan Yevropa hududiga kanatda yurib o'tgan dunyodagi birinchi odamga aylandi, deb yozadi Hürriyet gazetasi.

    Sportchi Bosfor bo'g'ozi orqali qariyb 1,1 ming metr uzunlikdagi kanat ustidan yurib o'tdi. Kanat Bosfor ko'prigining tayanchlari orasiga, yerdan 165 metr balandlikda cho'zilgan.

    Sleklayning bo'yicha uch karra jahon chempioni masofani 47 daqiqada bosib o'tdi.

    Yaan Ruzning so'zlariga ko'ra, u tarix yaratishga muvaffaq bo'lganidan xursand, deb yozadi gazeta. Sport tadbiri mahalliy Transport vazirligi va Turkiya avtomobil` yo'llari boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

    Ilgari u Italiyada kanatda 3,6 ming metr masofani bosib o'ta olgan edi.

    Rouz 18 yoshida sleklayn bilan shug'ulana boshlagan, deb xabar beradi rbc.ru.