Farmonga koʻra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Qoʻmita) raisi va uning oʻrinbosarlari zimmasiga 2025-yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:
- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta koʻrib chiqish;
- sanoat xavfsizligini taʼminlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmogʻida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qoʻmitaga oʻtkaziladi.
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.
Qoʻmita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:
- Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
- Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
2025-yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi joriy etiladi.