Farmonga koʻra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (Qoʻmita) raisi va uning oʻrinbosarlari zimmasiga 2025-yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:

  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta koʻrib chiqish;
  • sanoat xavfsizligini taʼminlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmogʻida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qoʻmitaga oʻtkaziladi.

Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.

Qoʻmita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
  • Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
  • Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
  • Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.

2025-yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibi joriy etiladi.