Yagona maktab formasini joriy etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritildi

    Yagona maktab formasini joriy etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 558-sonli qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

    Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-son Qaroriga muvofiq oʻquvchilarning yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy etib belgilandi.

    Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son Qaroriga muvofiq oʻquvchilarning davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga tegishli tartibda tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilab qoʻyildi.

    Shu oʻrinda oʻquvchilar taʼlim muassasasiga maktab Ustavida belgilangan ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda kiyinib kelishlari lozimligini eslatib oʻtamiz.