Mavzuli soʻrovlarni ijro etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun:

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXP (my.gov.uz)dan roʻyxatdan oʻtadi.

ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) mavzuli soʻrovlarni ijro etish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi;

Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
  • ariza beruvchi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxoʻr boʻlganda –vorislik haqidagi guvohnoma nusxasi, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • soʻralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
  • chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.

Xizmat koʻrsatish muddati — 22 ish kuni.

Toʻlov - BHMning 0,5 barobaridan 1 barobarigacha (soʻrov hajmi va mazmunidan kelib chiqib) miqdorida yigʻim undiriladi.

Xizmatni koʻrsatishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va (yoki) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga asoslovchi hujjatlar ilova qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali davlat xizmatini koʻrsatishda mazkur davlat xizmati uchun belgilangan yigʻimlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.