Mavzuli soʻrovlarni ijro etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun:
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXP (my.gov.uz)dan roʻyxatdan oʻtadi.
ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) mavzuli soʻrovlarni ijro etish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi;
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
- ariza beruvchi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxoʻr boʻlganda –vorislik haqidagi guvohnoma nusxasi, ariza beruvchi qonuniy vakil boʻlsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- soʻralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
- chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.
Xizmat koʻrsatish muddati — 22 ish kuni.
Toʻlov - BHMning 0,5 barobaridan 1 barobarigacha (soʻrov hajmi va mazmunidan kelib chiqib) miqdorida yigʻim undiriladi.
Xizmatni koʻrsatishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan va (yoki) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga asoslovchi hujjatlar ilova qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali davlat xizmatini koʻrsatishda mazkur davlat xizmati uchun belgilangan yigʻimlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.