Yagona uzviy zanjirni yoʻlga qoʻyish uchun pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi

    Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus, oliy taʼlim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yoʻlga qoʻyish uchun pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi.

    Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida boʻladi.

    Andijon va Buxoro pedagogika institutlari bunga byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 25 milliard soʻmdan ajratadi.