Hokim Lutfiddin Abdullayevning “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha ayrim Yakkabogʻ tumani hokimi yordamchilariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tumandagi “Daryo”, “Tatar”, “Qayragʻoch”, “Esat”, “Yangihayot”, “Sandal”, “Alakoʻylak”, “Paxtakor”, “Jambul”, “Shar-sharbogʻot”, “Ishkent”, “Mevazor”, “Farovonlik”, “Aygʻirkoʻl”, “Choʻmich”, “Obod”, “Gʻozliq” mahallalarining hokim yordamchilariga hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Bunga sabab qilib “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorda belgilab berilgan vazifalar lozim darajada bajarilmaganligi koʻrsatilgan.