Hayotda erishgan har bir yutugʻi uchun mehribon muallimlari oldida hamisha minnatdorlik va qarzdorlik hissi bilan yashaydi.
Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev sinfdoshlari bilan oʻzlari taʼlim olgan Yakkabogʻ tumanidagi 83-maktabni taʼmirlab bergani ham ayni shu ezgu amallarning yana bir hayotiy isbotidir.
Sobiq bitiruvchilarning ustozlari va tuman yoshlari bilan muloqotida ham maktab – ilm oʻchogʻi, tafakkur ustaxonasi, har bir inson uchun ikkinchi uy ekani bot-bot taʼkidlandi.
Aziz xotiralar, samimiy va dilkash suhbatlar asnosida muallimlarga maishiy texnikalar, 83-maktab kutubxonasiga yangi kitoblar, tumandagi taʼlim muassasalari va mahallalar yoshlariga 20 turdagi sport anjomlari sovgʻa qilindi.