Bu haqda Toshkent shahar FVB maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 11-fevral kuni soat 15:20 da Toshkent shahar Yakksaroy tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasida joylashgan, yangi qurilayotgan bino yertoʻlasida, yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 15:28 da yetib borib, yongʻin soat 16:05 da oʻchrildi.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.