Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati juma kuni kunduzi +25…+30 daraja atrofida boʻladi. Shanba kuni esa +22…+27 darajagacha, yakshanba kuni +17…+22 darajagacha pasayadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 17-mayda yogʻingarchilik kutilmaydi. 18-mayda kunning ikkinchi yarmida, 19-mayda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Havo harorati juma kuni +28…+30, shanba kuni +22…+24, yakshanba kuni esa +17…+19 daraja boʻladi. 18−19-may kunlari shamol tezligi 15−17 m/s gacha kuchayishi mumkin.