Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi

    Oʻzgidrometning xabar berishicha, yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi.

    Qayd etilishicha, issiq biroz pasayishiga qaramay, ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha kunduz kunlari 38-40 daraja atrofida, respublika janubida 41-43 darajashgacha boʻlgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.

    Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat 34-37 darajagacha, janubda 38-39 darajagacha pasayadi.

    Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.

    Harorat kunduz kunlari 25-26-iyulda 38-40 daraja, 27-iyulda 35-37 daraja, kechalari esa asosan 22-25 daraja boʻladi.