Ertaga respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, buning hisobiga faqat kechki soatlarda Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida biroz yomgʻir yogʻishi kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi, kunduzi 14-17° iliqgacha koʻtariladi.
Yakshanba kuni koʻpchilik viloyatlarda yomgʻir yogʻishi kuzatiladi. Togʻlarda yogʻingarchilik, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning shimolida biroz yomgʻir yogʻishi ertalab toʻxtaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq atrofida boʻladi, kunduzi 8-13° iliqqacha pasayadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.