Ertaga respublika boʻyicha asosan kam bulutli va oʻrtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 33-38 dajara, Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda 42-44 dajara atrofida boʻladi.

Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi.

Respublika boʻyicha bulutlilik kuchayadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat yana +2..+4 dajaraga, yoz fasli uchun qulay boʻlgan +31...+34 dajaragacha, janubda baʼzi joylarda +38...+40 dajara pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat +15...+18 dajaragacha pasayadi.

Bugun janubda va choʻl hududlarda, 24-25-iyun kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda 24-25-iyun kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.