Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat +20...+25 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha harorati pasayya boshlaydi. Havo harorati kunduzi +25...+30 darajadan, janubda +33...+35 darajadan yuqori boʻlmaydi.

Bugun kunduzi shimolda va choʻl hududlarda, dam olish kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati: bugun +33...+35 daraja, ertaga +31...+33 daraja, yakshanba kuni +27...+29 daraja boʻladi.

Harorat asosan kechalari +16...+19 daraja boʻladi.

Keyingi haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi Havo harorati kechalari +10...+15 darajagacha, kunduz kunlari +20...+25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.