Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliqqacha isiydi.
Ertaga Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Harorat foni pasayadi va kechasi 5-10° iliqni, kunduz kuni 9-14° iliqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni salqin havo massalari Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning meʼyoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 5-10° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqgacha, kunduz kuni 0-5° sovuqgacha boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, deb xabar berda Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.