Unda senatorlar, qoʻmita ekspertlari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning yigirmanchi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raislari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlashda Mahalliy kengashlarning oʻrni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan birgalikda tuman (shahar) hokimlari, sektorlar hamda mutasaddi idoralar rahbarlarining xotin-qizlar muammolarini hal etish yuzasidan koʻrilayotgan chora – tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qoʻshma majlislarda eshitib borish holati tahlil etildi.

Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.