Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasiga yoʻlovchi tashish boʻyicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish toʻgʻrisida vaqtinchalik tartibiga asosan “Moskva-Urganch” charter reysi orqali 162 nafar fuqarolar Xorazm viloyatiga olib kelindi.

Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yoʻlovchilar 10 kunlik karantin davrini oʻtkazish uchun mehmonxonalarga joylashtirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati.