Mazkur loyihalar O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta'lim muassasalari ilmiy jamoalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bajarilayotgan loyihalar yakuniy natijalari qishloq xo'jaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, farmakologiya va farmasevtika yo'nalishida dori vositalari va substantsiyalar, texnik qurilmalar, tajriba-konstruktorlik namunalari, dasturiy mahsulotlar yaratishga qaratilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam o'tkazib kelinmoqda. Xususan, 2021-yilning birinchi yarim yilligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 89,8 milliard so'm bo'lgan 103 ta ilmiy loyihalar moliyalashtirildi, deyiladi vazirlik saytida berilgan xabarda.