2023-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari Oʻzbekistonda ayrim turdagi tovarlarni sotib olganda ular tomonidan toʻlangan QQS summalarini qaytarish boʻyicha “tax free” tizimi joriy etilgan.

Ayni paytgacha Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand, Fargʻona xalqaro ayeroportlarida xizmat koʻrsatish punktlari faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun yana 4 ta – Nukus, Qarshi, Termiz hamda Navoiy xalqaro ayeroportlarida tax free ofislarining tantanali ochilish marosimlari boʻlib oʻtdi. Tax free ofislari mavjud xalqaro ayeroportlar soni 9 taga yetdi.