Yana bir davlat Yevropa Ittifoqiga kirish bo'yicha muzokaralarni boshlaydi

    Yevropa Komissiyasi Bosniya va Gersegovina bilan rasmiy a'zolik bo'yicha muzokaralarni boshlash bo'yicha ijobiy tavsiyalar beradi.

    Bosniya va Gersegovina Ukraina va Moldova bilan parallel ravishda Yevropa Ittifoqiga kirish bo'yicha muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda Yevrokomissiya 12-mart, seshanba kuni e'lon qilishi kutilmoqda, deb yozadi Politico o'z manbalariga tayanib.

    2022-yilning dekabrida Bosniya va Gertsegovinaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi berildi. Yevropa Komissiyasi endi rasmiy a'zolik bo'yicha muzokaralarni boshlash uchun ijobiy tavsiyalar berishi kerak.

    Ukraina va Moldova mazkur jarayonda oldinga yana bir qadam tashlash niyatida. Seshanba kuni Yevropa Komissiyasi a'zolik bo'yicha muzokaralar uchun ko'rsatmalar va asosiy tamoyillarni belgilab beruvchi muzokaralar asosini taklif qiladi. Keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari ushbu matnlarni muhokama qiladi.

    Diplomatlar va Yevropa Ittifoqi rasmiylarining ogohlantirishicha, ittifoqning 27 a'zosi o'rtasida muzokaralarni rasman boshlash uchun zarur bo'lgan kelishuv iyun oyidagi Yevropadagi saylovlar oldidan amalga oshishi dargumon, deb xabar beradi korrespondent.net.