Gaz konidan past bosimli tabiiy gazlarni tez va samarali qazib olinishiga xizmat qiladigan siquv kompressor stansiyasida tezkor taʼmirlash ishlari oʻtkazildi.
Bitta gaz haydash agregatining toʻxtab qolishi sutkasiga 4,100 million kubometrga yaqin tabiiy gaz qazib olish hajmining qisqarishiga olib kelishi inobatga olgan holda, GPA-100 va GPA-200 sonli gaz haydash agregatlarida texnologik reglament va taʼmirlash ishlari tezkor ravishda oʻtkazish zarur edi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun “Alan” siquv kompressor stansiyasi GPA-100 va GPA-200 sonli gaz haydash agregatlariga oʻrnatilgan NK-16-18 ST rusumli gazoturbinali dvigatelda reglament va taʼmirlash ishlari stansiya muhandis xodimlari tomonidan amalga oshirildi.
Natijada gaz haydash agregatini uzluksiz, bir meʼyorda ishlashi taʼminlanishiga hamda tabiiy gaz qazib olish hajmining qisqarishini oldini olishga erishildi.
Shuningdek, gaz qisqarishini oldini olish maqsadida qisqa muddatda ishga qoʻshib yuborish uchun zaxira agregati bilan taʼminlandi.
Bu gaz haydash inshootlari yordamida haydalayotgan kunlik 8,2 million kubometr tabiiy gaz, “Muborak” gazni qayta ishlash zavodiga qayta ishlash uchun uzatiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Alan” siquv kompressor stansiyasi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida joylashgan boʻlib, stansiyada 2 ta gaz haydash agregatlari mavjud boʻlib, u yiliga 4,38 milliard kub/metr tabiiy gazni haydab berish quvvatiga ega.