O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ “Urganch sharob” AJ ustav kapitalidagi 53,94 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e'lon qildi.

Mazkur bitim doirasida xalqaro miqyosda tan olingan konsalting kompaniyalaridan kelib tushgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali Urganch sharobni xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi tanlab olingan.

“Urganch sharob” aktsiyadorlik jamiyati Xorazm viloyatining ma'muriy markazi — Urganch shahrida joylashgan bo'lib, umumiy er maydoni 6,58 gektarni tashkil etadi. Korxona “Parkent” va “Chalish” vino punktlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, yuqori sifatli vino ishlab chiqarish uchun 149,3 gektar uzumzorga ega.

Jamiyat tomonidan 52 turdagi tayyor aroq, 14 turdagi tayyor vino va ikki turdagi konyak mahsulotlari ishlab chiqariladi. 2020-yilda ishlab chiqarishning umumiy hajmi 274 ming dal tashkil etgan.

Korxona aktsiyalarini sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo'lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor talabgorlardan takliflarni qabul qilish va manfaatdor ishtirokchilarning bir yoki bir nechtasi bilan keyingi muzokaralardan iborat bo'ladi.

Arizalar va majburiy takliflar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi kerak: s.erkinov@uz-assets.uzdkalazhanov@kpmg.kza.mullajonov@uz-assets.uzannakireeva@kpmg.russandykbayeva@kpmg.kz.