Yana bir oilaviy korxona aholiga xizmat ko'rsata boshladi

    Mahallalarda bir joyning o'zida turli xizmatlar ko'rsatishga mo'ljallangan oilaviy korxonalar faoliyat boshlashi aholiga har tomonlama qulaylik tug'diradi — ham vaqtdan, ham ortiqcha xarajatdan tejaladi.

    Xorazm viloyati Xonqa tumanida ana shunday ko'p tarmoqli yana bir oilaviy korxona ish boshladi. Tadbirkor o'z mablag'lari evaziga qurgan ikki qavatli, shinam va zamonaviy “Xonqa trade” oilaviy korxonasi, asosan, tibbiy xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan. Bundan tashqari, korxona tarkibida go'zallik saloni, savdo shoxobchasi ham bor.

    “Maqsadimiz aholi salomatligi yo'qlida sifatli hamda hamyonbop tibbiy xizmat ko'rsatishdan iborat”, deydi oilaviy korxona rahbari Shuhrat Sultonov.

    Oilaviy korxonada o'nta yangi ish o'rni yaratildi.

    Ro'zimboy Hasan,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri.