Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In koronavirusga qarshi AstraZeneka kompaniyasining vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda davlat rahbari maʼmuriyatiga asoslanib xabar berilgan.
Emlash jarayoni Prezident qarorgohi yaqinida joylashgan Seul markazidagi tuman poliklinikasida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Mun Chje In joriy yil 11-13-iyun kunlari Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtadigan G7 sammitiga borishga tayyorgarlik doirasida koronavirusga qarshi emlangan.
Maʼlumot oʻrnida, 18-mart kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili ham koronavirusga qarshi AstraZeneka vaksinasi bilan emlangandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga ham 660 ming doza KOVID-19 ga qarshi AstraZeneka vaksinasi olib kelingan.