Ayni damda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatridagi muammo va kamchiliklarni oʻrganmoqda.
Mazkur teatr binosi 1972-yilda barpo etilgan boʻlib, binoning bugungi holati toʻliq rekonstruksiyaga muhtoj. Bundan tashqari teatr binosining katta koʻchadan ichkarida joylashganligi va koʻrimsiz holga kelib qolganligi tomoshabinlar va teatr xodimlari uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Vazir teatr binosining tashqi va ichki qismlarini koʻzdan kechirar ekan, shu holatda ham samarali ijod qilayotgan teatr jamosining xizmatlarini eʼtirof etdi. Moddiy-texnik bazasi, tomoshabinlar zali va sahnasi, ovoz va yoritish uskunalari holatini oʻrganish jarayonida joriy yilning oʻzida rekonstruksiya ishlarini boshlash lozimligini taʼkidladi.