Yana bir xayrli tashabbusga qoʼl urildi

    Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi Birlashgan Аrab Аmirliklarining Oʼzbekistondagi elchixonasi hamda “Muhammad bin Roshid Ol Maktum xayriya va insonparvarlik” tashkiloti bilan hamkorlikda qator xayriya tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.

    Mazkur turdagi yana bir xayrli tashabbusga start berildi hamda “100 mln oziq-ovqat kompaniyasi” dasturi doirasidagi 3000 qutidan iborat, 11 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari respublikamizning turli hududlarida yashovchi ehtiyojmand oilalarga yuborildi.

    Xayriya mahsulotlarini joʼnatish marosimida ishtirok etgan Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirining birinchi oʼrinbosari Gulnora Marufova mazkur tashabbus yurtimizdagi koʼplab oilalarga katta quvonch olib kirishini alohida taʼkidlab oʼtdi.

    Qayd etilganidek, ushbu moddiy koʼmak mahsulotlari chekka mahallalarda istiqomat qiluvchi, “Temir daftar”, “Аyollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilishi belgilangan.