Muloqot avvalida ularning mehnat sharoitlari, faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi. Shundan soʻng, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, vatandoshlarimiz ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari tahlil qilindi. Ularning tajribalaridan foydalangan holda soha va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha turli oʻquvlar va seminarlar tashkil etish masalasi ham kun tartibidan oʻrin oldi.
Oʻz navbatida vatandoshlarimiz ham fikr, tashabbuslarini bildirib, tizimdagi mavjud kamchiliklarga ham toʻxtaldi.
Xususan, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, uning jozibadorligini oshirish, xalqchil davlat xizmatini tashkil etish uchun ortiqcha byurokratiyani kamaytirish, vatandoshlar faoliyatini baholash maqsadida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etish, davlat idoralarida ochiq tanlov tizimini takomillashtirish, vatandoshlar bilan ishlashda samarali tizim yaratish, ular bilan doimiy aloqa oʻrnatib turish muhimligini taʼkidlashdi.
Yigʻilish ishtirokchilarining barcha takliflari inobatga olindi va bu kabi muloqotlarni doimiy tashkil etish, davlat fuqarolik xizmati tizimini yanada rivojlantirish maqsadida zamonaviy platforma yaratishga kelishib olindi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.