Mobil ilova “Siyosat va huquq”, “Adabiyot va sanʼat”, “Maʼnaviyat-maʼrifat”, “Fan va taʼlim” boʻlimlaridan iborat. Foydalanuvchilar qisqa fursat ichida eng sara maʼlumotlarni toʻplash, respublikamizda faoliyat olib borayotgan taniqli olimlar va ziyolilar bilan jonli muloqotni amalga oshirish, ular bilan tajriba almashish imkoniga ega boʻladi.
Bundan tashqari platformada top 100 talikdan oʻrin olgan jahon adabiyoti va oʻzbek durdona asarlari ham oʻrin olgan boʻlib, kitoblar roʻyxati belgilangan tartibda toʻldirib boriladi.
Shuningdek, ziyolilar bilimi, salohiyatini muntazam oshirib borish maqsadida onlayn tarzda oʻquv, malaka oshirish kurslari ham ilovadan joy oladi. Respublika boʻylab faoliyat koʻrsatayotgan targʻibotchilarni ziyolilarning onlayn media targʻibot materiallari bilan doimiy ravishda taʼminlashga erishiladi.
Taʼkidlash kerakki, “Maʼrifat ziyo” nomli mobil ilovasi doimiy tarzda olimlar, mutaxasislar hamda ishchi guruh aʼzolarining taklif va tavsiyalariga asosan boyitib boriladi hamda foydalanuvchilar istak-xohishlarib ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangidan-yangi ruknlar faoliyati yoʻlga qoʻyib boriladi.
“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati Axborot xizmati