Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi “Oʻrta Osiyo Trans” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini eʼlon qildi.

Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor xaridorlardan takliflarni qabul qilish va bir nechta manfaatdor ishtirokchilar bilan keyingi muzokaralardan iborat boʻladi. Majburiy boʻlmagan takliflar koʻrinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 24-iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha.