Oʻrganish davomida korxona moddiy javobgar shaxslari tomonidan mehnat munosabatlari, davlat xaridlari tartibini belgilovchi hamda boshqa qonun hujjatlarining buzilishi natijasida korxona faoliyatida jami 15,3 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 329-330-moddalariga asosan qonuniy qaror qabul qilish uchun 2022-yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilib, 2022-yil 12-mart kuni “Harbiy Savdo-Chirchiq” DUK moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.