Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro bir turdagi ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeridagi “Toshkent arzon kvartira” guruhida nomaʼlum shaxs Toshkent shahri hududidan arzon narxlarda ijaraga xonadon olib berishini vaʼda qilib boshlangʻich toʻlov sifatida fuqarolardan jami 3.934.300 soʻm pullarini oʻzlashtirganligini bildirib, ular tomonidan firibgarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi 2004-y.t., A.J. ekanligi aniqlangan.

A.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.