Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining yana toʻrt vakili Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmaga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.
Boks boʻyicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgani sabab yoʻllanmalar qitʼalar kesimida sportchilarning reytingdagi pogʻonasiga qarab taqsimlangan.
Unga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Roʻzmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) Olimpiada yoʻllanmalariga ega boʻlishgan.
Shu tariqa, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida 11 nafar bokschi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bular Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov, Bobousmon Baturov, Fanat Qahramonov, Dilshod Roʻzmetov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov, Tursunoy Rahimova, Rayhon Qodirova va Shahnoza Yunusova.
Shu tariqa boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan boʻldi. Erkaklar jamoamiz toʻliq tarkibda, qizlarimiz esa 3 nafar ishtirokchi bilan Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan boʻldi. Quyida Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan tarkibimizni yana bir bor eslatib oʻtamiz:
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Roʻzmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhon Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova